«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa futbolchilariga muhim xabar yetkazdi. Ispaniyalik mutaxassis so‘nggi yillarda ko‘plab sovrinlar qo‘lga kiritilganidan keyin o‘yinchilarning bo‘shashib qolishini istamaydi.
Enrike futbolchilarga jamoada hech kimning asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatlanmaganini ma’lum qilgan. Murabbiy doimiy ravishda rotasiyadan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis Xvicha Kvarasxeliya va Usmon Dembele kabi asosiy futbolchilar ham kerakli darajada o‘yin ko‘rsatmasa, hatto tanaffusdayoq almashtirilishi mumkinligini ta’kidlagan.
The Touchline nashri L'Equipe ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Luis Enrike jamoa ichida maksimal darajada raqobat muhitini yaratishni xohlamoqda.
«PSJ» yakshanba kuni safarda «Marsel»ga qarshi maydonga tushadi.













