Norvegiya terma jamoasi va «Manchester Siti» markaziy hujumchisi Erling Xoland hanuz «Barselona»ning transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
«Ko‘k-anorranglilar» rahbariyati 2027 yilda skandinaviyalik hujumchi uchun katta taklif bilan chiqishi mumkin. 26 yoshli futbolchining transfer qiymati 220 million yevroni tashkil etadi, uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi esa 2034 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Xoland joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. O‘tgan mavsumda u «Manchester Siti»ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.













