Ispaniya terma jamoasi va «Tottenxem» himoyachisi Pedro Porro jarohat sabab Millatlar ligasidagi yaqin o‘yinlar uchun milliy jamoa tarkibidan chiqarildi.
Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi qaydnomasida 25 nafar futbolchi qoldi.
Porro 19 sentyabr kuni Angliya Premyer-ligasi 5-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi. «Tottenxem» ushbu bahsda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Yaqin xalqaro tanaffusda Ispaniya terma jamoasi 26 sentyabr kuni Angliya, 29 sentyabrda Xorvatiya, 3 oktyabrda Chexiya va 6 oktyabrda yana Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.













