«Chelsi» vingeri Estevao «Liverpul»ning qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Jeyms Uotlend xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Qizillar» yosh futbolchining o‘yinidan hayratda. «Liverpul» braziliyalik futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan.
Joriy mavsumda Estevao «Chelsi» safida 6 ta uchrashuv o‘tkazdi va hech qanday gol yoki golli uzatma qayd etmadi. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2033 yil yoziga qadar amal qiladi.













