Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente milliy jamoa bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Ispaniya futbol federasiyasi mutaxassisning kelajagi bo‘yicha rasmiy bayonot tayyorlamoqda. The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar shartnomani 2032 yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Kutilishicha, federasiya bu haqda yaqin ikki kun ichida rasman e’lon qiladi.
De la Fuente Ispaniya milliy terma jamoasini 2022 yil dekabr oyida qabul qilib olgan. Bunga qadar u mamlakatning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida ishlagan.
Uning qo‘l ostida Ispaniya 2023 yilda Millatlar ligasida g‘olib chiqdi, 2024 yil yozida Yevropa chempioni bo‘ldi, 2026 yil yozida esa Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.













