Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Makelele va Makmanaman «Real»ni derbi oldidan ogohlantirdi

Makelele va Makmanaman «Real»ni derbi oldidan ogohlantirdi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq yulduzlari Klod Makelele va Stiv Makmanaman bugungi «Atletiko»ga qarshi Madrid derbisi oldidan sobiq jamoasini ogohlantirdi.

«Real» 90 daqiqa davomida ustun o‘yin ko‘rsatishi va himoyaga emas, hujumga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. Jasoratli bo‘lish va hujumkor futbolchilarni maydonga tushirish lozim», — dedi Makelele.

Makmanaman esa «Elche»ga qarshi uchrashuvdagi g‘alabani eslab, shunday dedi:

«Bu darajada futbolning faqat bir bo‘limini o‘ynab bo‘lmaydi. «Atletiko» kabi jamoaga qarshi so‘nggi daqiqalardagi vaziyatlarga umid qilish juda xavfli».

Makelele esa uchrashuv natijasi bo‘yicha o‘z taxminini ham bildirdi.

«Menimcha, «Real» bu o‘yinda 3:2 hisobida g‘alaba qozonadi», — dedi u.

Kiritildi: 16:42, 20.09.2026.
O'qildi: 1418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик