«Atletiko» himoyachisi Mark Pubil jamoadoshi Xulian Alvaresning yozda «Barselona»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.
«Biz bu vaziyatni kiyinish xonasi ichida ham tashqaridagi odamlar kabi qabul qildik.
Xulian — ajoyib, juda kuchli futbolchi va baxtimizga, u biz bilan qoldi.
Uning jamoamizda ekanidan barchamiz xursand bo‘lamiz. Biz unga yordam beramiz. U top darajadagi futbolchi, shuning uchun umid qilamizki, u o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatadi.
Biz u bilan yelkama-elka kurashamiz», — dedi ispaniyalik futbolchi.













