"Bavariya" bosh direktori Yan-Kristian Drezen jamoaning Germaniya chempionati turnir jadvalidagi holati haqida fikr bildirdi.
Bundesliganing to‘rt turidan keyin myunxenliklar 10 ochko jamg‘argan va peshqadam "Borussiya"dan 2 ochko ortda qolmoqda.
"Biz bu vaziyatga mutlaqo xotirjam qaraymiz, bu juda yaxshi. Hamma chempionat zerikarli ekani haqida yozishda davom etmoqda, lekin men bunday deb o‘ylamayman. Biz "Borussiya"ni ta’qib qilyapmiz va albatta ularni quvib yetamiz", — dedi Drezen.













