Ayni paytda Yevropaning kuchli besh chempionatida faqat uch jamoa haligacha ochko yo‘qotmagan.
«Barselona» 7 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar bu bahslarda 31 ta gol urib, o‘z darvozasidan 7 ta to‘p o‘tkazib yuborishdi.
«Manchester Siti» 5 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. Jamoa 13 ta gol urgan bo‘lsa, 5 ta gol o‘tkazib yubordi.
Dortmundning «Borussiya»si esa 4 ta uchrashuvda 4 ta g‘alabaga erishdi. Nemis klubi 9 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 2 ta to‘p o‘tkazgan.
Qayd etish joizki, 2026 yilda sentyabr va oktyabr oylaridagi terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffuslar bir davrga birlashtirilgan. Shu bois milliy chempionatlardagi tanaffus muddati uch haftaga yetdi.













