«Bavariya» futbolchilari Oktoberfest festivalida ishtirok etdi.
2026 yilda an’anaviy pivo va xalq sayili festivali 19 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar davom etadi.
Bugun jamoa futbolchilari, murabbiylar shtabi va klub rahbariyati a’zolari oilalari bilan birga nemis milliy liboslarini kiygan holda Myunxen markazidagi Tereza maydoniga tashrif buyurdi. Oktoberfest an’anaviy ravishda aynan shu hududda o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, bayramdan so‘ng «Bavariya»ning aksariyat futbolchilari terma jamoalar yig‘iniga yo‘l oladi.













