«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim hozirgi lavozimida eski xatolarini takrorlash niyatida emas. Portugaliyalik mutaxassis Angliyadagi muvaffaqiyatsizligining sabablaridan biri futbolchilarning xususiyatlariga moslashishni xohlamagani bo‘lganini tan oldi.
«Ba’zida muayyan uslubda o‘ynash uchun bizda ideal sifatlar bo‘lmaydi. Men buni «Manchester Yunayted»da boshimdan kechirdim va bu yerda ushbu xatoni takrorlashni xohlamayman. Muayyan sifatlar yetishmayotgani sezilganda, biz bir oz moslashishimiz kerak», – dedi 41 yoshli mutaxassis DAZN’ga bergan intervyusida. Shu bilan birga, murabbiy o‘z so‘zida turishga harakat qilayotganini ham sha’ma qilib o‘tdi.
«Tabiiyki, har bir futbolchi jamoa o‘yini uning xususiyatlariga to‘liq mos kelishini xohlaydi, ammo bu jamoa o‘zligini yaratishni qiyinlashtiradi. Men futbolchilarni eshitaman, lekin yakuniy qaror baribir doimo meniki bo‘ladi», – dedi Amorim «Lechche» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng.
«Milan» A Seriya turnir jadvalida besh turdan so‘ng 11 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinni egallab turibdi.













