«Fulxem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Angliya Premyer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan so‘ng hakamlik borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuvda uning jamoasi g‘alabani qo‘ldan boy berdi — 1:1.
«Barcha qarorlar ularning foydasiga qabul qilindi. «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindan so‘ng anglab yetdimki: u yerda hakamlar orasida «Manchester Yunayted»ning mag‘lub bo‘lishini yoqtirishmaydi. «MYU» foydasiga juda ko‘p qarorlar chiqarildi — Maguayrning foli bo‘lgan epizodni eslashning o‘zi kifoya», — deydi Arbeloaning so‘zlarini BBC.
«Fulxem» mavsumdagi ikkinchi ochkosini qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida oxirgidan oldingi — 19-o‘rinni egallab turibdi. «Manchester Yunayted» esa beshta o‘yinda besh ochko jamg‘arib, 12-pog‘onada joylashgan.













