Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«PSJ» murabbiyi Enrike «Marsel»ga qarshi o‘yinda Kvarasxeliyaning almashtirilgani haqidagi savolga qisqa javob berdi

«PSJ» murabbiyi Enrike «Marsel»ga qarshi o‘yinda Kvarasxeliyaning almashtirilgani haqidagi savolga qisqa javob berdi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan «Marsel»ga qarshi o‘yinda (2:1) gruziyalik hujumchi Xvicha Kvarasxeliyaning almashtirilishi bo‘yicha berilgan savolga javob qaytardi.

— Nima uchun Kvarasxeliyani almashtirishga qaror qildingiz?

— Chunki men murabbiyman.

— Xvicha bilan hech qanday muammo yo‘qmi? Hammasi joyidami?

— Men murabbiyman, — dedi Enrike.

Kvarasxeliya maydonga asosiy tarkibda tushdi va 59-daqiqada almashtirildi. U samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Joriy mavsumda Kvarasxeliya Fransiya chempionatida beshta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Qayd etish joizki, Liga 1ning ushbu mavsumida gruziyalik futbolchi hali birorta ham to‘liq o‘yin o‘tkazmadi.

«PSJ» Fransiya chempionati turnir jadvalida olinchi o‘rinni egallab turibdi. Parijliklar hisobida besh turdan so‘ng sakkiz ochko bor.

Kiritildi: 04:30, 21.09.2026.
O'qildi: 1122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик