Madridning "Real" klubi yulduzi Jud Bellingem kecha "Atletiko"ga qarshi o‘tgan derbidagi hakamlikdan norozi bo‘ldi. "Qaymoqranglilar" uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, final hushtagidan keyin angliyalik yarim himoyachi hakam tomonga qarab: "Ikkita qizil kartochka! Ikkita!" — deb baqirgan.
Eslatib o‘tamiz, "Real" himoyachisi Din Xyoysen maydondan chetlatilganidan so‘ng ikkinchi bo‘limning deyarli barchasini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.
Kechagi mag‘lubiyatdan keyin Joze Mourinyu shogirdlari 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. "Real" peshqadam "Barselona"dan 6 ochko ortda bormoqda.













