Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

O‘zbekiston U-17 Portugaliyada uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi (+Qaydnoma)

O‘zbekiston U-17 Portugaliyada uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi (+Qaydnoma)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bugundan Milliy futbol markazida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.

Sergey Chigodayev boshchiligidagi jamoa yig‘inning keyingi bosqichini Portugaliyaning Portu shahrida davom ettiradi. Yosh futbolchilarimiz u yerda uchta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 29 sentyabr kuni Portugaliya, 2 oktyabr kuni Turkiya, 5 oktyabrda esa Ruminiyaga qarshi bahs olib boradi.

Murabbiylar shtabi mazkur yig‘in uchun 22 nafar futbolchini jalb qildi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar: Olim Shamuratov ("Paxtakor"), Abdulboriy Zoidjonov ("Lokomotiv"), Mehrojbek Sirojiddinov (RFA).

Himoyachilar: Elsevar Olimov ("Neftchi"), Mirjamol Anvarov (Odil Ahmedov FA), Mashhur Abdisoliyev ("Nasaf"), Nurmuhammad O‘ktamov ("Paxtakor"), Adis Abdunabiyev ("Xorazm"), Jahongir O‘ktamboyev ("Bunyodkor"), Abubakir Rahimov (Odil Ahmedov FA).

Yarim himoyachilar: Odilxon Orifxonov (Odil Ahmedov FA), Habib Tohirov ("Paxtakor"), Ahrorbek Ravshanbekov ("Andijon"), Suhrob Sadirjonov ("G‘azalkent"), Muhammad Mamatov ("Paxtakor"), Amirxon Erkinov (Odil Ahmedov FA), Mirkomil Murodov ("Bunyodkor"), Islom Ravshanov ("Paxtakor"), Damir Mirzabekov ("Paxtakor"), Bilol Aliyev (RFA).

Hujumchilar: Laziz Abduraimov ("Buxoro"), Asil Aliyev (RFA).

Bosh murabbiy: Sergey Chigodayev.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining o‘yinlari:

29 sentyabr — Portugaliya — O‘zbekiston
2 oktyabr — Turkiya — O‘zbekiston
5 oktyabr — Ruminiya — O‘zbekiston

Kiritildi: 11:48, 21.09.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик