Madridning «Atletiko» klubi vingeri Aleks Baena Ispaniya chempionati 7-turining markaziy uchrashuvida «Real» ustidan qozonilgan g‘alabasidan keyin OAV vakillari bilan suhbatlashdi.
«Ehtiyotkor o‘ynadik va xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildik. Tanaffusgacha ayrim vaziyatlarda yaxshi harakat qildik, ikkinchi bo‘limda esa maydonga boshqacha kayfiyat bilan chiqdik. Jamoa xarakter ko‘rsatdi.
Romero va Li Kan Inning follarimi? Ikkalasi ham to‘p uchun kurashdi. Kristian tajovuzkor uslubda o‘ynaydigan futbolchi, ammo u yerda qizil kartochkaga tortadigan fol yo‘q edi. Sariq kartochka — adolatli qaror. Hakam o‘yinni davom ettirishga imkon berdi va bu uchrashuvning tomoshabop chiqishiga yordam berdi», — deya Baenaning so‘zlarini AS keltiradi.
«Atletiko» «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.













