«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi o‘z rekordini yana yangiladi. 39 yoshli futbolchi bugungi «San-Diyego»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvning 23-daqiqasida gol urdi.
Endilikda argentinalik futbolchi MLSda 20 ta gol va 13 ta golli uzatmaga ega. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra esa uning hisobida 11 ta assist bor.
Inter Miami News Hub ma’lumotiga ko‘ra, Messi MLS tarixida uchta turli mavsumda kamida 20 ta gol va 10 ta golli uzatma qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha hech bir o‘yinchi hatto ikki mavsumda ham bunday natijaga erisha olmagan.
Messi liga to‘purarlari ro‘yxatida ham peshqadamlik qilmoqda. U «Dallas»ning xorvatiyalik hujumchisi Petar Musadan 2 ta golga oldinda.
«Inter Mayami» 26 ta turdan keyin 46 ochko bilan Sharqiy konferensiya turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.













