Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

APL 5-turi: kutilmagan natijalar va yangilangan turnir jadvali

APL 5-turi: kutilmagan natijalar va yangilangan turnir jadvali

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida 5-tur bahslari yakunlandi.

Tur bir qator kutilmagan natijalar bilan yodda qoldi. "Brentford" o‘z maydonida "Chelsi"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Brayton" "Arsenal" ustidan xuddi shu hisobda yirik g‘alabaga erishdi.

"Tottenxem" esa "Aston Villa"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Liverpul" safarda "Bornmut"ni 1:0 hisobida yengdi.

Turning eng sermahsul bahsi Manchesterda kechdi. "Manchester Siti" "Sanderlend"ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi. "Manchester Yunayted" esa "Fulxem" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

APL, 5-tur natijalari:

"Brentford" — "Chelsi" — 3:0
"Tottenxem" — "Aston Villa" — 2:3
"Brayton" — "Arsenal" — 3:0
"Everton" — "Ipsvich" — 1:0
"Nyukasl" — "Xall" — 2:1
"Nottingem Forest" — "Koventri" — 0:1
"Bornmut" — "Liverpul" — 0:1
"Lids" — "Kristal Pelas" — 0:0
"Manchester Siti" — "Sanderlend" — 5:3
"Fulxem" — "Manchester Yunayted" — 1:1

5 turdan keyin "Manchester Siti" 15 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. "Arsenal" 12 ochko bilan ikkinchi, "Brayton" esa 10 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

"Brentford", "Lids", "Liverpul" va "Everton" 9 tadan ochko jamg‘argan. "Chelsi" 7 ochko bilan 10-pog‘onada, "Manchester Yunayted" esa 5 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Turnir jadvalining so‘nggi qismida "Koventri" 3, "Fulxem" va "Tottenxem" esa 2 tadan ochko bilan joylashgan.

Turnir jadvali:

  1. "Manchester Siti" — 15 ochko
  2. "Arsenal" — 12
  3. "Brayton" — 10
  4. "Brentford" — 9
  5. "Lids" — 9
  6. "Liverpul" — 9
  7. "Everton" — 9
  8. "Xall" — 8
  9. "Nyukasl" — 8
  10. "Chelsi" — 7
  11. "Ipsvich" — 6
  12. "Manchester Yunayted" — 5
  13. "Nottingem Forest" — 5
  14. "Sanderlend" — 4
  15. "Kristal Pelas" — 4
  16. "Aston Villa" — 4
  17. "Bornmut" — 3
  18. "Koventri" — 3
  19. "Fulxem" — 2
  20. "Tottenxem" — 2
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:59, 21.09.2026.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик