«Fluminense» hujumchisi Xalk Braziliya chempionati doirasida «Korintians»ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda dubl qayd etdi.
40 yoshli braziliyalik futbolchi so‘nggi 8 ta o‘yinda, Kubok Libertadores bahslarini ham qo‘shib hisoblaganda, «gol+pas» tizimi bo‘yicha 9 ochko to‘pladi — 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Joriy Braziliya chempionatida Xalk 21 ta uchrashuvda 7 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. U chempionatdagi dastlabki 12 ta o‘yinini «Atletiko Mineyro» safida o‘tkazgan.













