Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo: «Men boshqacha La Ligani ko‘rishni kutgandim, ammo hech narsa o‘zgarmabdi»

Mourinyo: «Men boshqacha La Ligani ko‘rishni kutgandim, ammo hech narsa o‘zgarmabdi»

Baho:
+ | -2

Ispaniya chempionatining yettinchi turi markaziy o‘yinida «Real» mehmonda «Atletiko»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Final hushtagi chalinganidan so‘ng «qirollik klubi» ustozi Joze Mourinyo o‘z hafsalasi pir bo‘lganini yashirmadi.

«Men o‘tmishdagiga qaraganda boshqacharoq La Ligani ko‘rishni kutgandim… Menga «yo‘q» deyishgandi, lekin men shunday bo‘lishiga ishonmoqchi edim. Ammo hamma narsa o‘sha-o‘sha. Hech narsa o‘zgarmabdi», — deydi portugaliyalik mutaxassis insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida keltirilgan so‘zlarida.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgacha» bo‘lib o‘tgan derbidagi hakamlarning ishidan norozi bo‘lib qolgan edi.

«Qirollik klubi» mag‘lubiyatdan so‘ng La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi.

Kiritildi: 14:36, 21.09.2026.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик