Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Roberto De Dzerbini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, vaziyatdan xabardor shaxslarga tayanib aytilishicha, "Tottenxem" joriy xalqaro tanaffus paytida italiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarmaydi.
Klubda De Dzerbi "shporlar" uchun mos murabbiy ekani va jamoaning turnirdagi holatini yaxshilay olishiga ishonishmoqda.
Angliya Premyer-ligasi 5-turida "Tottenxem" o‘z maydonida "Aston Villa"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 2008 yildan beri ilk bor turnir jadvalida so‘nggi o‘ringa tushib qoldi.
London klubi hisobida hozircha atigi 2 ochko bor.
6-turda "Tottenxem" 10 oktyabr kuni safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi.













