Jurnalist Melchor Ruisning ma’lum qilishicha, "Real" Federiko Valverdening to‘piq jarohati qay darajada ekanini aniqlashda davom etmoqda va u dushanba kuni qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kutilmoqda.
Urugvay terma jamoasi futbolchisi yakshanba kuni "Atletiko"ga qarshi 1:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda Li Kan In bilan to‘qnashuvdan so‘ng chap to‘pig‘idan qattiq jarohat olgan. "Real" o‘yindan keyin Valverde qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tishini tasdiqladi.
Ruisning xabar berishicha, agar shish kamaysa, ertaga yana qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkaziladi. Ayni paytda futbolchining to‘pig‘i hali ham qattiq shishgan.
28 yoshli Valverde jarohatiga qaramay, derbini oxirigacha o‘tkazdi. Biroq uning Urugvay terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarida ishtirok etishi tibbiy tekshiruv natijalariga bog‘liq bo‘ladi.













