O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bugun Milliy futbol markazida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.
Ayder Kurbayev boshchiligidagi jamoa yig‘in doirasida Qozog‘iston U-17 terma jamoasiga qarshi ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Bahslar 25 va 28-sentyabr kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Murabbiylar shtabi mazkur yig‘in uchun 23 nafar futbolchini jalb qildi.
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi tarkibi:
-
Darvozabonlar: Aziz Berdiyev (Odil Ahmedov FA), Jasur Baxritdinov ("Nasaf"), Almaz Ayupov ("Paxtakor").
-
Himoyachilar: Abubakar Mamatov (Odil Ahmedov FA), Shehroj Odilov (Odil Ahmedov FA), Husan Uralov ("Nasaf"), Xojiakbar Zulfiqorov (Respublika FA), Azizillo Erkinjonov ("G‘azalkent"), Ismoil Abdurahimov ("Do‘stlik"), Abdulaziz Bobirov ("Oq-Tepa").
-
Yarim himoyachilar: Doniyor O‘ktamov (Odil Ahmedov FA), Hasan Uralov ("Nasaf"), Lochin Bahodirov (OKMK), Usmon Shuhratillayev ("Do‘stlik"), Fayzbek Achilov ("Oq-Tepa"), Diyor Uskanboyev ("Oq-Tepa"), Shohjahon To‘raqulov ("Paxtakor"), Bogdan Andreev ("Paxtakor").
-
Hujumchilar: Yahyo Baxtiyorov ("Bunyodkor"), Kamoliddin Akbaraliyev ("Bunyodkor"), Abdulloh Xolmamatov ("G‘azalkent"), Ro‘zimurodjon Ro‘zimurodov ("G‘azalkent"), Behruzbek Samatov (Odil Ahmedov FA).
Bosh murabbiy: Ayder Kurbayev.
O‘yinlar taqvimi:
-
25-sentyabr: Qozog‘iston U-17 — O‘zbekiston U-16
-
28-sentyabr: Qozog‘iston U-17 — O‘zbekiston U-16













