«Yuventus» hujumchisi Randal Kolo Muani barmog‘ini sindirib oldi. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.
Fransiya terma jamoasi futbolchisi jarohatni bartaraf etish uchun kichik jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Klub tibbiy shtabi uning to‘liq tiklanib, terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga keladigan yaqin tanaffusdan so‘ng maydonga qaytishini kutmoqda.
Kolo Muani joriy mavsumda oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.













