Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Zinedin Zidanning milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.
«Bu — yangi murabbiy bilan yangi davr. Oldinda Millatlar ligasida to‘rtta uchrashuv bor, keyin esa hammasi qanday kechishini ko‘ramiz.
Bu barchamiz uchun yangi tajriba, chunki shu paytgacha faqat Didye Desham bilan ishlaganmiz. Ko‘p narsa o‘zgaradi, ammo o‘ylaymanki, barchasi juda yaxshi kechadi», — dedi Mbappe.













