Maurisio Sarri mavsum boshida jamoaning omadsiz seriyasiga qaramay, «Atalanta» bosh murabbiyi lavozimida ishini davom ettiradi. Insayder Nikolo Skira bergan ma’lumotga ko‘ra, Bergamo klubi rahbariyati hali ham italiyalik mutaxassisga to‘liq ishonch bildirmoqda va uni lavozimidan ozod etish masalasini ko‘rib chiqmayapti.
«Atalanta»ning oxirgi o‘yini «Yuventus»ga qarshi safar uchrashuvi bo‘ldi va unda bergamoliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ushbu mag‘lubiyat jamoa uchun Italiya chempionatidagi ketma-ket uchinchisi bo‘ldi.
Turinliklar bilan o‘yinga qadar Sarri shogirdlari «Roma» (1:2) va «Kalyari»ga (1:2) imkoniyatni boy berishgan edi. A Seriyaning besh turidan so‘ng «Atalanta» olti ochko to‘plab, turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.













