Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Lyuis Xoll «Manchester Yunayted» qiziqishiga munosabat bildirdi

Lyuis Xoll «Manchester Yunayted» qiziqishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl Yunayted» himoyachisi Lyuis Xoll «Manchester Yunayted» tomonidan bo‘lgan qiziqish «Sent-Jeyms Park»da qolish qaroriga ta’sir qilmaganini aytdi. Futbolchi yaqinda klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Angliya terma jamoasi a’zosi The Gazette nashriga bergan intervyusida transfer haqidagi gap-so‘zlarni aksincha, o‘z o‘yiniga berilgan ijobiy baho sifatida qabul qilganini ta’kidladi.

«Yo‘q, rostini aytsam, bu menga ta’sir qilmadi. Agar sizni boshqa bir jamoa bilan bog‘lashsa, demak, nimanidir to‘g‘ri qilayotgan bo‘lasiz.

Menimcha, bu sizning o‘yinlaringiz, futbolchi va inson sifatidagi fazilatlaringizga berilgan bahodir. Men buni ijobiy qabul qildim», — dedi Xoll.

U, shuningdek, «Nyukasl» safida o‘ynashdan zavq olayotganini va yangi bosh murabbiy Mattias Yayssle qo‘l ostida klubning maqsadlariga ishonishini ta’kidladi.

Xoll tarkibni yanada kuchaytirish muhimligini ham qayd etib, yangi shartnoma imzolash qarori o‘zi uchun «hech qanday ikkilanish talab qilmaganini» aytdi.

22 yoshli futbolchi 2023 yilda «Chelsi»dan «Nyukasl»ga o‘tgan va klub safida 107 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Uning yangi shartnomasi 2031 yilga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 12:17, 22.09.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик