«Manchester Yunayted» rahbariyati kelasi yili jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali «qizil iblislar» safiga o‘tishi mumkin bo‘lgan uch futbolchining nomini ma’lum qildi.
Angliya klubining short-listidan Tyago Gabriel («Lechche»), Jerred Brentueyt («Everton») va Finn Yelch («Shtutgart») joy olgan.
«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining dastlabki 5 turida 8 ta gol o‘tkazib yubordi.
Maykl Karrik shogirdlari 5 ochko to‘plab, turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
«Qizil iblislar» chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida, «Old Trafford» stadionida Londonning «Tottenxem» klubiga qarshi o‘tkazadi.













