O‘zbekiston Superligasining 22-turida xG ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar ma’lum bo‘ldi.
HUDL taqdim etgan statistikaga ko‘ra, turda eng yuqori xG ko‘rsatkichi OKMKga tegishli bo‘ldi. Olmaliqliklar 3,41 xG natija qayd etdi.
Ikkinchi o‘rinni 2,73 xG bilan "Navbahor" egalladi. "Qizilqum" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalarida esa bir xil — 2,32 xG ko‘rsatkichi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 22-turda OKMK "So‘g‘diyona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Navbahor" "Dinamo"dan 3:2 hisobida ustun keldi. "Qizilqum" "Xorazm"ni 3:1 hisobida yengdi, "Qo‘qon-1912" esa "Surxon"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
22-turdagi eng yuqori xG ko‘rsatkichlari:
- OKMK — 3,41
- "Navbahor" — 2,73
- "Qizilqum" — 2,32
- "Qo‘qon-1912" — 2,32













