«Fulxem» himoyachisi Yoakim Andersen bosh murabbiy Alvaro Arbeloa uni asosiy tarkibdan chetda qoldirganidan hayron bo‘lganini tan oldi.
Daniyalik futbolchi bu haqda «Fulxem»ning «Manchester Yunayted» bilan 1:1 hisobidagi durangidan keyin Viaplay'ga bergan intervyusida gapirdi.
Andersen «Sanderlend» va «Kristal Pelas»ga qarshi mag‘lubiyatli uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan, ammo «Liverpul» va «Manchester Yunayted»ga qarshi bahslarda tarkibga kiritilmagan.
U, shuningdek, mavsumning ilk turida «Chelsi»ga qarshi o‘yinni diskvalifikasiya sabab o‘tkazib yuborgan edi.
«Rostini aytsam, bu men uchun biroz kutilmagan bo‘ldi», — dedi Andersen.
Himoyachi o‘tgan mavsumda ko‘plab uchrashuvlarda jamoa sardori sifatida maydonga tushganini ham eslatib, klub safida «juda yaxshi» o‘yin ko‘rsatganini ta’kidladi.
Alvaro Arbeloa iyul oyida Marku Silva o‘rnini egallagan. Uning qo‘l ostida «Fulxem» Premyer-liganing 5 ta uchrashuvida 2 ochko to‘pladi.













