Dushan Vlaxovich «Beshiktosh»ga o‘tganini sharhladi. Oldinroq futbolchi Turinning «Yuventus» sharafini himoya qilayotgan edi.
«Men uzoq o‘ylandim, sabr qildim va yakunda faoliyatim uchun eng to‘g‘ri qarorni qabul qildim deb hisoblayman. Vaqt buning shunday yoki shunday emasligini ko‘rsatadi, ammo men bunga ishonaman. Ular meni sotib olish uchun hamma narsani qilishdi va bu menga juda yoqdi. Hayotda senga eng ko‘p ehtiyoj sezilayotgan joyga borish muhim».
«Beshiktosh»da Vlaxovich allaqachon «Chorum»ga qarshi o‘yinda het-trik qayd etishga va keyinchalik «Fenerbaxche» bilan derbida gol urishga ulgurdi.













