Antonio Konte Yevropa klublaridan birini boshqarishni rejalashtirmoqda.
57 yoshli mutaxassis Yevropa darajasidagi eng yaxshi o‘sish va rivojlanish rejasiga ega ambisiyali jamoaga qaytmoqchi ekani xabar qilinmoqda.
Avvalroq Antonio Konte «Fenerbaxche»ni boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, italiyalik murabbiy «Al-Axli»ning taklifini rad etgan.
Kontening oxirgi ish joyi «Napoli» bo‘lib, u yerda 2024 yildan beri murabbiylik qilgan va 25 may kuni rasman o‘z lavozimini tark etgan edi. Uning qo‘l ostida «adzurrilar» A Seriya chempioni bo‘lishdi va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritishdi.













