Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-1 Paxtakor

Transfermarkt A Seriyada narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilarni e’lon qildi

Transfermarkt A Seriyada narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilarni e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Roma" hujumchisi Doniell Malen futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali navbatdagi yangilanishidan so‘ng Italiya A Seriyasida narxi eng ko‘p oshgan 10 futbolchi qatoriga kirdi.

Mavsumning dastlabki 5 turida 6 ta gol urgan niderlandiyalik futbolchining transfer qiymati 10 million yevroga oshdi. Malen "Roma" safiga kelib qo‘shilganidan buyon 26 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

A Seriyada transfer qiymati eng ko‘p oshgan futbolchi "Milan"ning yangi a’zosi Diyegu Moreyra bo‘ldi. Uning narxi 20 million yevroga ko‘tarildi. Milanliklarning yana bir yangi futbolchisi Alfadjo Sisse esa 13 million yevrolik o‘sish bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, A Seriyada transfer qiymati eng ko‘p oshgan futbolchilar:

  1. Diyegu Moreyra ("Milan") — 45 mln yevro (+20 mln yevro).

  2. Xakobo Ramon ("Komo") — 45 mln yevro (+15 mln yevro).

  3. Alfadjo Sisse ("Milan") — 20 mln yevro (+13 mln yevro).

  4. Alessandro Romano ("Kalyari") — 15 mln yevro (+13 mln yevro).

  5. Alyo Njiye ("Fiorentina") — 15 mln yevro (+12 mln yevro).

  6. Manu Kone ("Roma") — 60 mln yevro (+10 mln yevro).

  7. Doniell Malen ("Roma") — 55 mln yevro (+10 mln yevro).

  8. Martin Baturina ("Komo") — 55 mln yevro (+10 mln yevro).

  9. Andi Diuf ("Inter") — 30 mln yevro (+10 mln yevro).

  10. Randal Kolo Muani ("Yuventus") — 30 mln yevro (+10 mln yevro).

Kiritildi: 16:52, 22.09.2026.
O'qildi: 1296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик