Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Mbappe: "Meni hech kim tanimaydigan joyni hali topmadim"

Mbappe: "Meni hech kim tanimaydigan joyni hali topmadim"

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe jamoat joylarida paydo bo‘lib, odamlar e’tiboridan chetda qolishi deyarli imkonsiz ekanini tan oldi.

"Agar shunday joyni bilsangiz, menga ayting! Men u yerga mamnuniyat bilan borardim. Ko‘p narsani sinab ko‘rdim, ammo hozirgacha biror joyga borib, hech kim meni tanimaydigan usulni topa olmadim.

Buning uchun juda ko‘p narsani o‘zgartirishim kerak bo‘lardi — qanday gapirishimni, qanday yurishimni, qanday kiyinishimni. Bu uzoq jarayon", dedi fransiyalik futbolchi. Uning so‘zlarini The Athletic keltirmoqda.

Mbappe 2024 yil yozida "PSJ" bilan shartnomasi yakuniga yetgach, erkin agent sifatida "Real" safiga kelib qo‘shildi.

Fransiyalik hujumchi 2017 yildan boshlab "PSJ" sharafini himoya qilgan, undan avval esa "Monako"da to‘p tepgan.

Kiritildi: 18:33, 22.09.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик