"Real" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Buni aytishdan uyalmayman. O‘z fikrimni ochiq aytishdan qo‘rqmayman, hatto ba’zan odamlar: "U o‘zi nima deyapti?" deb o‘ylasa ham. Rostini aytishda hech qanday yomon narsa yo‘q.
Men hech qachon: "Men g‘olib bo‘laman", demaganman. Ammo men yaxshi yil o‘tkazdim, deb o‘ylayman. Ko‘pchilik ham shunday fikrda va meni bu sovrin bilan bog‘lamoqda. Endi nima bo‘lishini ko‘ramiz", dedi Mbappe The Athletic'ga bergan intervyusida.
2025/26 yilgi mavsumda Mbappe "Real" safida 44 ta o‘yinda 42 ta gol urdi.
Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionatida 10 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.













