«La Liga» prezidenti Xavyer Tebas «Real»ning xatti-harakatlari hakamlarga bosim o‘tkazayotganini aytgandi. Madrid klubi bu bayonotga javob qaytardi.
«Klubimiz La Liga prezidenti o‘z lavozimidan foydalanib, har bir chiqishida «Real»ni obro‘sizlantirish va unga qarshi hujum qilishini mutlaqo nomaqbul deb hisoblaydi.
La Ligadagi barcha klublarning manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish uchun mas’ul shaxsning «Real»ga nisbatan bunday munosabatni qayta-qayta namoyon etayotgani jiddiy tashvish uyg‘otadi.
U klubimizni o‘zining ommaviy tanqidlari uchun doimiy nishonga aylantirmoqda», — deyiladi «Real» bayonotida.













