Angliya terma jamoasi va "Nyukasl"ning sobiq hujumchisi Alan Shirer Premyer-liganing yangi mavsumini omadsiz boshlagan "Tottenxem"ni tanqid qildi.
"Klub yangi futbolchilar uchun juda katta mablag‘ sarfladi. Menimcha, ularning barchasi uchun to‘langan pul futbolchilarning darajasiga mos emas. Ammo bunday kuchaytirishlardan keyin jamoa turnir jadvalining eng quyi pog‘onasida bo‘lishini hech kim kutmagan edi. Agar jamoa yaqin vaqt ichida g‘alaba qozona boshlamasa, jiddiy savollar paydo bo‘ladi. Men "shporlar" kuchli oltilikda mavsumni yakunlaydi, deb o‘ylagandim, ammo hozir bunga ishonchim qolmayapti", — deya Shirerning so‘zlarini Daily Mail keltirdi.
Besh turdan so‘ng Roberto De Dzerbi shogirdlari 2 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalining so‘nggi o‘rnini egallab turibdi.













