Afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu serialda suratga tushadi. Kartina «Hamma yomon ko‘radi» deb nomlanadi.
Variety nashrining ta’kidlashicha, serial hujjatli janrda bo‘ladi. Uning asosiy mavzusi — sport olamidagi nafrat va tanqid. Gap butun tarixdagi eng bahsli va ziddiyatli sportchilar haqida boradi.
Har bir epizod alohida bir sportchi haqida hikoya qiladi. Diqqat markazida butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar tomonidan bir vaqtning o‘zida ham seviladigan, ham yomon ko‘riladigan mashhur shaxslar bo‘ladi.













