Usman Nurmagomedov UFC'ning har qanday jangchisi bilan jangni qabul qilishga tayyorligini aytdi.
«Men UFC yengil vazn divizionining barchasini, butun top-10 talikni urib chiqishim mumkin. Chiniqib olish uchun jang kerakmi? Men har doim tayyorman.
Kimni berishsa ham farqi yo‘q, muammo yo‘q. Sarukyan, Gedji, Oliveyra yoki Xollouey bo‘lsa ham», — dedi Nurmagomedov.
Avvalroq Nurmagomedov PFL bilan tuzilgan shartnomasi bo‘yicha so‘nggi jangini o‘tkazgan edi.













