Lisandro Martines seshanba kuni Buenos-Ayresga yetib keldi. Argentina terma jamoasi shu oydagi o‘rtoqlik uchrashuvlari oldidan yana bir joyga jamlandi. Himoyachi Ispaniyaga qarshi Jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyat qanchalik og‘ir kechgani haqida ham gapirdi.
"Juda og‘ir bo‘ldi. Buni eslamaslik yaxshiroq. Biz ajoyib Jahon chempionatini o‘tkazdik, ammo finalda mag‘lub bo‘lish hammaga og‘ir botdi", – dedi Martines.
Endi jamoa e’tiborini oldindagi o‘yinlarga qaratgan.
Bu safar Argentina uchun alohida ahamiyatga ega. Beninga qarshi uchrashuv Lionel Messining milliy terma jamoa safidagi xayrlashuv bahsi bo‘ladi.
Argentina futbol assosiasiyasi prezidenti Klaudio Tapia uchrashuv "Monumental" stadionida anshlag holatida o‘tishini ma’lum qildi. Shuningdek, Argentinaga 2022 yilgi Jahon chempionligini olib kelgan futbolchilar ham oilalari bilan birga ushbu tadbirga taklif qilingan.
Lionel Skaloni xalqaro tanaffus uchun terma jamoaga 37 nafar futbolchini chaqirgan va ular orasida Lisandro Martines ham bor.













