Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Gasperini "Roma" uchun yangi chap qanot himoyachisini tanladi

Gasperini "Roma" uchun yangi chap qanot himoyachisini tanladi

Baho:
+ | -

"Roma" portugaliyalik himoyachi Rafael Gerreyruni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "TuttomercatoWEB" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi Jan Pyero Gasperini jamoasi uchun chap oyoqda o‘ynaydigan chap qanot himoyachisi sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Gerreyruni o‘z safiga qo‘shib olishga "Olimpiakos" ham qiziqish bildirmoqda.

Portugaliyalik futbolchining so‘nggi klubi "Bavariya" bo‘lgan. U Myunxen jamoasida uch yil o‘ynaganidan so‘ng, joriy yozda erkin agent sifatida klubni tark etdi.

Gerreyru o‘tgan mavsumda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:01, 23.09.2026.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик