«Real» hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Antonio Ryudiger haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, ko‘plab muxlislar uni biroz jinni deb hisoblaydi. Ammo uning o‘yin uslubi shunday. Antonio insonga faqat maydondagi xatti-harakatlariga qarab baho berish kerak emasligini ko‘rsatadigan eng yaxshi misol.
Albatta, u maydonda jinnidek harakat qiladi — to‘p uchun kurashda ham, o‘zini tutishida ham. Ammo kiyinish xonasida u butunlay boshqacha inson. U mehribon va e’tiborli inson", — dedi Mbappe Bild nashriga bergan intervyusida.













