41 yoshida ham Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga chaqirilmoqda. Mashhur hujumchining aytishicha, u hali ham milliy jamoaga foyda keltira oladi.
«Hali ham o‘zimni Portugaliya terma jamoasidagi birinchi yilimdagidek his qilaman.
Hanuz shu yerda bo‘lishga qodir ekanimni isbotlab kelyapman. Buning dalillari har kuni ko‘rinib turibdi.
Hali ham gol ura olaman. Buni ham terma jamoada, ham klubimda isbotladim», — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi The Touchline.













