Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Jahon chempionatida Marokashga qarshi besh himoyachi bilan o‘ynash qarorini aynan u qabul qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Ayrim jurnalistlar Jahon chempionatida Marokashga qarshi besh himoyachi bilan o‘ynash mening qarorim bo‘lganini yozgan.
Bu absurd! Dunyoda turli absurd gaplar tarqalmoqda. Siz meni aslimdan yomonroq qilib ko‘rsatyapsiz. Bu esa juda ko‘p takrorlanyapti.
Ba’zida hamma narsani qanday bo‘lsa, shundayligicha aytish kerak. Men bu bema’ni gaplarni doim eshitaverishga chiday olmayman. Ko‘plab jurnalistlar bilan muammom yo‘q. Ammo siz bema’ni narsalarni yozsangiz...» — dedi van Deyk.













