Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-1 Paxtakor

"Arsenal" darvozasiga belgilangan penalti xato deb topildi

"Arsenal" darvozasiga belgilangan penalti xato deb topildi

Baho:
+ | -

Asosiy o‘yin epizodlarini baholovchi mustaqil komissiya "Arsenal" – "Sanderlend" uchrashuvida hakam Jon Bruksning "Arsenal" darvozasiga penalti belgilash qarorini xato deb topdi.

Uchrashuv "Arsenal"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Bruks jarima maydoni ichida Ezri Konsa va Den Ballard o‘rtasidagi kurashdan so‘ng 11 metrlik jarima zarbasini belgilagan. Biroq David Rayya Enso Le Fening zarbasini qaytargan.

Komissiyaning besh nafar a’zosi ham penalti belgilash qarori noto‘g‘ri bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

"Komissiya hakamning ushlab qolish uchun penalti belgilash qarori noto‘g‘ri bo‘lganiga bir ovozdan qo‘shildi", – deyiladi hisobotda.

Komissiya ushbu vaziyatda ikki futbolchi ham bir-biriga nisbatan qoidabuzarlikka yaqin harakat qilganini ta’kidladi. Avvaliga Konsa Ballardni qo‘llari bilan ushlab olgan, shundan so‘ng "Sanderlend" himoyachisi raqibini ushlab, o‘zi tomon tortgan.

Shu bilan birga, VARning epizodga aralashmaslik va hakamga monitor orqali takrorni ko‘rib chiqishni tavsiya qilmaslik qarori ma’qullangan. Bu masalada ovozlar 3:2 ko‘rinishida taqsimlangan.

Kiritildi: 22:45, 23.09.2026.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик