Italiyalik futbolchilar Jahon chempionatiga chiqa olmaganidagi muvaffaqiyatsizlikni juda og‘ir qabul qilishdi — ularning o‘rniga musobaqaga Bosniya terma jamoasi yo‘l oldi. Yozda klubini o‘zgartirgan Davide Frattezi Mundialdan birorta ham translyasiyani tomosha qilmaganini aytdi.
«Men Jahon chempionatining birorta ham o‘yinini — hatto finalni ham ko‘rmadim. 20 ta gol urish mumkindir, lekin jarohat hali ham qonamoqda va buni qabul qilish uchun vaqt kerak bo‘ladi», — dedi Frattezi derbyderbyderby.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilda Jahon chempionatida o‘ynashgan edi. Gap o‘z tarixida to‘rt marta Jahon chempionatida g‘olib chiqqan milliy terma jamoa haqida bormoqda.













