Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan darvozabon Jan Butez yangi jamoadoshlari sha’niga maqtovlar aytishdan boshladi. Xususan, u terma jamoaning asosiy darvozaboni Mayk Menyanni e’tirof etdi.
«Milanda uylarimiz bir-biriga yaqin joylashgan. Mayk — mening yaqin do‘stim; farzandlarimiz o‘qiydigan maktabda vaqti-vaqti bilan ko‘rishib turamiz va u bilan suhbatlashish har doim yoqimli — albatta, faqat futbol haqida emas, boshqa ko‘p narsalar haqida ham. U ajoyib inson, maydonda esa o‘zining ishonchli o‘yini va alohida aurasi bilan meni hayratda qoldiradigan ajoyib darvozabon», — dedi Butez pianetamilan.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Menyan 2021 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.













