«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes Madridning «Real» klubi tomonidan o‘ziga bo‘lgan qiziqish haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yinchi o‘tgan transfer oynasida poytaxt klubiga o‘tib ketishi mumkin edi.
«Real» dastlabki lahzalardan boshlab qiziqish bildirdi. Ular o‘zlarini benuqson tutdilar va meni qo‘lga kiritishni chin dildan xohladilar. Men buni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman», — dedi Rodri El Partidazo de COPE efirida.
«Ular qo‘llaridan kelgan hamma narsani qilishdi va o‘z manfaatdorliklarini ko‘rsatishdi. Men buni qadrlayman, chunki klubning ba’zi vakillari bilan muloqotda bo‘ldim».
Rodri «Real» prezidenti Florentino Peres bilan bevosita gaplashgan yoki gaplashmaganiga aniqlik kiritib o‘tirmadi.
«Men klubdagi odamlar bilan gaplashdim. Ular o‘zlarining g‘ayrat-shijoatini va «Real»ga o‘tishimni qanchalik xohlashayotganini menga yetkazishdi. Bu, shubhasiz, qaror qabul qilishimni qiyinlashtirdi».
Yakunda Rodri bonuslarni hisobga olmaganda 65 million yevro evaziga «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tdi.













