«Barselona» qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun bir nechta o‘yinchisini sotishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
«Moliyaviy feyr-pley bo‘yicha ko‘rsatkichimiz manfiy edi. 1:1 ko‘rsatkichiga erishish uchun bizga besh yil kerak bo‘ldi. Bu oson bo‘lgani yo‘q», — deya joriy vaziyatni tushuntirib o‘tdi klubning iqtisodiy masalalar bo‘yicha vise-prezidenti Ferran Olive.
Shu bilan birga ta’kidlanishicha, Kataloniya klubi yanvar oyida tarkibni kuchaytirishsiz ham kun ko‘rishdan umidvor. Xansi Flik jamoasi joriy mavsumdagi barcha 8 ta o‘yinda g‘alaba qozondi va har bir pozisiyada kamida ikkitadan o‘yinchiga ega.













