Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya yangi shov-shuvli va’dalar berishni istamayapti.
28 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan so‘ng, bergan va’dasiga amal qilib, Luis de la Fuentening yuzi tasvirlangan tatuirovka qildirgan edi. Endi unga "Real" Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, xuddi shunday tatuirovkani Joze Mourinyu bilan ham takrorlash taklif qilinmoqda.
"Mourinyuning tatuirovkasi? Meni bunga aralashtirmang", – dedi Kukurelya kulib.
"Qirollik klubi" Chempionlar ligasida rekord darajada 15 marta g‘olib chiqqan. "Real"ning ushbu musobaqadagi so‘nggi g‘alabasi 2024 yilga to‘g‘ri keladi.
Mark Kukurelya joriy yil yozi boshida "Chelsi"dan "Real"ga o‘tgan edi.













